«odam savdosi» tegli maqolalar


O‘zbekiston AQShning Odam savdosi to‘g‘risidagi hisobotidagi o‘rnini yaxshiladi
3 iyul 2021, 19:30

O‘zbekiston AQShning Odam savdosi to‘g‘risidagi hisobotidagi o‘rnini yaxshiladi

AQSh Davlat departamenti Odam savdosi to‘g‘risidagi yangi hisobotida O‘zbekistonni ikkinchi toifaga (Tier 2) kiritdi. Ushbu toifaga AQShning odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining minimal talablariga to‘liq rioya etmayotgan, biroq jiddiy choralarni ko‘rayotgan davlatlar kiritiladi. O‘tgan yili mamlakatda odam savdosi bilan bog‘liq 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
12 aprel 2021, 16:22

Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Izboskan tumanida G. va O. kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida 700 dollar evaziga «er-xotin mijoz»ga chaqaloqni bergan. Fuqaro O. 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, chaqaloqning onasiga esa shartli jazo tayinlandi.

Toshkentlik ayol qarzi evaziga 23 yoshli qizni Turkiyaga sotib yubordi
16 mart 2021, 14:11

Toshkentlik ayol qarzi evaziga 23 yoshli qizni Turkiyaga sotib yubordi

Toshkentlik ayol Navoiy viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli qizni avvaliga, poytaxtga ishga olib kelib, keyinchalik Turkiyaga olib ketgani aniqlandi. Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijasida ayol o‘z qarzini to‘lash uchun qizni Turkiyada yashovchi shaxsga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Navoiyda 3 oylik farzandini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi cheklandi
10 fevral 2021, 11:33

Navoiyda 3 oylik farzandini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi cheklandi

Navoiy viloyatida niqohsiz dunyoga kelgan 3 oylik bolasini 25 ming AQSH dollariga sotgan ayol ushlandi. Bolani sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro chaqaloq uchun shu narxga baholangan ikki xonali uy olib berishni taklif qilgan.

Fuqarolarni Yevropaga ishga yuborish bilan aldab yurgan to‘daga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 fevral 2021, 10:47

Fuqarolarni Yevropaga ishga yuborish bilan aldab yurgan to‘daga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 14 kishini Yevropaga ishga jo‘natishga ishontirib, ularni Rossiya, Ukraina va Belorussiyada qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslarga firibgarlik va odam savdosi ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada 3 yashar bolasini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
28 yanvar 2021, 14:32

Farg‘onada 3 yashar bolasini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatida fuqaro tanishi bilan birga o‘zining 3 yashar farzandini 4000 AQSH dollariga sotayotgani aniqlandi. Bolaning onasi bundan avval ham shunday holatni sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonlik erkak bir yil davomida Qozog‘istonda qul qilib ishlatildi
17 noyabr 2020, 10:56

O‘zbekistonlik erkak bir yil davomida Qozog‘istonda qul qilib ishlatildi

Qozog‘istonda 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bir yil davomida mehnat qulligida o‘tkazdi. Hujjatlari olib qo‘yilgan va unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 13:59

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi
5 oktabr 2020, 10:50

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi

USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi
18 avgust 2020, 10:49

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot oshkor etilmaydi. Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi ham belgilandi.

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi
7 avgust 2020, 16:09

Senat yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi
22 iyul 2020, 12:04

O‘z qizini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
17 iyun 2020, 22:24

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting